Finlyandiya piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, to‘plash, ishlab chiqarish va o‘tkazishni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishga tayyorgarlikni boshlashga qaror qildi.
"Finlyandiya piyodalarga qarshi minalarni qo‘llash, zaxiralarini to‘plash, ishlab chiqarish va o‘tkazishni taqiqlash hamda ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyadan chiqishga tayyorgarlikni boshlaydi," - deya Finlyandiya hukumati xabaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, tegishli qaror respublika prezidenti Aleksandr Stubb hamda Tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vazirlar qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan.