Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Dneprga zarba berdi

Rossiya Dneprga zarba berdi

Rossiya Dneprga raketa hujumi uyushtirdi, natijada 42 yoshli erkak halok bo‘ldi. Boshqa jabrlanganlar ham bor. Bu haqda Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak xabar berdi.

"Rossiya Federasiyasi qo‘shinlari shaharga raketa bilan hujum qildi. Zarba joyida keng ko‘lamli yong‘in yuz berdi. Fuqarolik ob’ekti hududida vayronalar mavjud. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi jarohat olgan. Barcha tafsilotlarni aniqlamoqdamiz," deya u Telegramda yozdi.

Keyinroq Lisak raketa zarbasi oqibatida 42 yoshli erkak vafot etganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya armiyasi Ukraina hududiga "Shahed" turidagi zarba beruvchi dronlarni uchirgan. Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki "Shahed"lar Sumi viloyati osmonida payqalgan. Zarba beruvchi dronlarning bir necha guruhi shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakat qilgan va keyinchalik Chernigov viloyati hududi ustida bo‘lgan.

Kiyevda portlashga o‘xshash ovozlar eshitildi. "Poytaxtning chap qirg‘og‘ida havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlamoqda. Kiyevga uchuvchisiz uchish apparatlari hujum qilmoqda. Boshpanalarga yashirining," dedi shahar meri Vitaliy Klichko.

Kiritildi: 20:43 10.04.2025. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!