Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Prezident va dush dramasi: Tramp sochini yuvishga xalaqit qilgan farmonni bekor qildi

Prezident va dush dramasi: Tramp sochini yuvishga xalaqit qilgan farmonni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp dushdagi suv bosimini cheklovchi qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu chora-tadbirlar avvalgi ma’muriyatlar davrida joriy etilgan edi, deya xabar bermoqda Politico.

Oval kabinetda farmonni imzolash paytida Tramp amaldagi me’yorlar tufayli sochini ho‘llash uchun dush ostida 15 daqiqa turishga majbur bo‘layotganini aytdi. Oq uy rahbari shampunni yuvib tashlash uchun ham ko‘p vaqt sarflayotganini ta’kidladi. Bu esa prezidentning sochlarini tegishli tarzda parvarish qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

"Sochlarim ho‘l bo‘lguncha dush ostida 15 daqiqa turishimga to‘g‘ri keladi. Ulardan tomchi-tomchi suv oqadi, xolos. Bu kulgili holat," - dedi Amerika rahbari.

Ommaviy chiqishlarida Tramp suv bosimining pastligi tufayli sochlarini yuvishda qiyinchiliklarga duch kelayotganidan bir necha bor shikoyat qilib, soch turmagini mukammal holatda saqlab qolishni istayotganini ta’kidlagan edi.

AQShda suv sarfi yuqori bo‘lgan dush kallagi (suv purkagich)laridan foydalanishni taqiqlovchi cheklovlar amal qiladi. Faqat bir daqiqada 2,5 gallon (taxminan 11 litr) gacha suv sarflaydigan modellarga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 22:38 10.04.2025. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!