Fransiyaning «Patriotlar» partiyasi yetakchisi Florian Filippo Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy to‘qnashuv oqibatlaridan ogohlantirdi. Uning fikricha, bunday ssenariy Yevropa ittifoqi uchun halokatli bo‘ladi.
Filippo o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu mavzuni o‘tkir tanqid ostiga oldi:
«Bizning maqsadimiz Rossiya bilan urush qilishmi? Buning ortida YEIda «evropa armiyasi»ni tuzish, «evropa davlati» foydasiga kuch ishlatib to‘ntarish o‘tkazish va shu bahonada Makronga prezidentlik saylovlarini ortga surishga imkon berish yotibdimi?», — deb yozdi siyosatchi.