Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

FIFA Vinisius bilan sodir bo‘lgan vaziyatga munosabat bildirdi

FIFA Vinisius bilan sodir bo‘lgan vaziyatga munosabat bildirdi

FIFA rahbari Janni Infantino Lissabonning «Benfika» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi uchrashuvida yuz bergan mojaroga munosabat bildirdi. O‘yin davomida «qaymoqranglilar» hujumchisi Vinisius Junior irqchilik haqoratlariga duch kelgan edi.

«Men shokda qoldim! Bu voqea meni juda qattiq xafa qildi. Bizning jamiyatimizda irqchilikka o‘rin yo‘q. Tegishli choralar ko‘rilishi uchun barcha ishni qilishimiz kerak», — deya Xalqaro futbol federasiyasi matbuot xizmati rahbarning so‘zlarini keltirmoqda.

Dastlabki o‘tish o‘yini «qirollik klubi»ning 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida Vinisius tomonidan kiritildi.

Kiritildi: Bugun 12:39. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!