FIFA delegasiyasi 9 noyabr kuni "Barselona"ning uy stadioni — "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, tashrif 2030 yilgi jahon chempionati finaliga mezbonlik qiladigan arenani tanlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Stadionni ko‘zdan kechirishda Ispaniya futbol federasiyasi mutasaddilari hamda "Barselona" prezidenti Joan Laporta boshchiligidagi klub vakillari ham ishtirok etdi.
Bunday tekshiruvlarda FIFA stadion va maydon holatidan tashqari, transport, mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari va aloqa infratuzilmasini ham baholaydi.
"Kamp Nou" JCH-2030 finalini qabul qilishga asosiy uch nomzoddan biri hisoblanadi. Qolgan da’vogarlar — Madriddagi "Santyago Bernabeu" va Marokashning Kasablanka shahrida qurilayotgan Hasan II nomidagi stadion.
Ayni paytda "Kamp Nou"da rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Stadionni yangilash jarayoni 2027 yilda ham davom etishi rejalashtirilgan.