Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

FIFA O‘zbekistonda futbol bo‘yicha jahon chempionati qachon o‘tkazilishi sanalarini e’lon qildi

FIFA O‘zbekistonda futbol bo‘yicha jahon chempionati qachon o‘tkazilishi sanalarini e’lon qildi

U-20 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, ya’ni FIFAning yoshlar mundiali O‘zbekiston va Ozarbayjonda 17 sentyabrdan 9 oktyabrgacha o‘tkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati sanasi aniqlashdi.

Yoshlar mundiali 2027 yil 17 sentyabrdan 9 oktyabrgacha davom etadi. Unda dunyo bo‘ylab eng iqtidorli yosh futbolchilar jahon chempioni unvoni uchun maydonga tushishadi», — deyiladi telegram-kanaldagi xabarda.

Qayd etish joizki, 2027 yilgi U-20 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixda ilk bor turli futbol konfederasiyalariga mansub ikki davlat — O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan birgalikda qabul qilinadi.

Mundialni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror FIFA Kengashi tomonidan 2025 yil oktyabr oyida qabul qilingan. Musobaqada jami 24 ta milliy yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!