Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA O‘zbekiston futbolining 2025 yildagi eng yorqin lahzasini so‘radi

FIFA O‘zbekiston futbolining 2025 yildagi eng yorqin lahzasini so‘radi

FIFA rasmiy sahifasi yakuniga yetib borayotgan 2025 yil O‘zbekiston uchun qanday kechgani yuzasidan savol yo‘lladi.

“O‘zbekiston! 2025 yil yakunlanar ekan, o‘tgan yil davomida futbolingizdagi eng yorqin lahza qaysi bo‘ldi?”

O‘FA esa ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

"Unda tarixiy Jahon chempionati yo‘llanmasi, U-17 terma jamoamizning Osiyo chempioniga aylangani hamda U-20 Jahon chempionati mezbonligi qo‘lga kiritilgani alohida ta’kidlab o‘tildi."

Ma’lumot uchun, o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadigan “oq bo‘rilar” “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya / Yamayka / Kongo terma jamoalaridan biri bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:44 26.12.2025. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik