Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

FIFA prezidenti Meksikadagi keskin vaziyat fonida bayonot berdi

FIFA prezidenti Meksikadagi keskin vaziyat fonida bayonot berdi

FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatdagi keskin vaziyat fonida JCH–2026 uchrashuvlarining Meksikada o‘tkazilish imkoniyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Vaziyat tinch, hozir hammasi joyida. Umuman olganda, barchasi muammosiz o‘tishi kerak», — deya Infantinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «AS» nashri.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni, 24 fevral sanasida Meksika Qurolli kuchlarining maxsus operasiyasi natijasida mamlakatdagi eng yirik «Xalisko yangi avlodi» (CJNG) narkokarteli yetakchisi, «El Mencho» laqabi bilan tanilgan Nemesio Osegera o‘ldirildi. Shundan so‘ng Meksikaning bir nechta shaharlarida tartibsizliklar boshlandi. Qator shaharlarda, jumladan, Ispaniya — Urugvay uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan Gvadalaxarada kartel a’zolari avtomobillarga o‘t qo‘yishdi va yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar uchta davlat — AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tishi kerak. Meksikada turnir bahslari Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 13:21. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!