Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda ilk pulli avtomobil yo‘li Urganch–Xiva yo‘nalishida qurilmoqda

O‘zbekistonda ilk pulli avtomobil yo‘li Urganch–Xiva yo‘nalishida qurilmoqda

O‘zbekistondagi ilk pulli avtomobil yo‘li Urganch–Xiva yo‘nalishida barpo etilmoqda.

Mazkur loyihaning qiymati 120 million dollarni tashkil etadi. Yangi avtomobil yo‘lining uzunligi 35 kilometr bo‘lib, u to‘rt polosali asfalt-beton qoplamasida quriladi. Sutkalik o‘tkazuvchanlik quvvati 20 mingdan ortiq transport vositasiga mo‘ljallangan.

Loyiha doirasida 17 ta ko‘prik, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus o‘tish joyi qurilishi rejalashtirilgan.

Hozirda Urganch va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqti 45–50 daqiqani tashkil etadi. Yangi pulli yo‘l ishga tushgach, bu vaqt 15–20 daqiqagacha qisqaradi.

Kiritildi: Bugun 16:25. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!