Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

FIFA prezidenti JCH–2026’ni boykot qilish chaqiriqlarini qoraladi

FIFA prezidenti JCH–2026’ni boykot qilish chaqiriqlarini qoraladi

FIFA prezidenti Janni Infantino Yevropaning ayrim siyosiy doiralarida AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatiga norozilik sifatida 2026-yilgi Jahon chempionatini boykot qilish haqidagi chaqiriqlarni keskin tanqid qildi.

Infantinoning ta’kidlashicha, AQShda bo‘lib o‘tadigan mundial uchrashuvlarini boykot qilish muammoni hal qilmaydi, balki jamiyatda yanada ko‘proq nafrat uyg‘otadi:

“Men taqiqlar va boykotlarga qarshiman. Ular hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, nafratni kuchaytiradi. Kimdir Buyuk Britaniyadan AQSh bilan savdo qilishni to‘xtatish kerakligini aytyaptimi? Bunday gapni eshitmadim. Unda nega futbol boykot qilinishi kerak? Bizga odamlar bir joyga to‘planib, futbol atrofida birlashadigan lahzalar zarur”, dedi Infantino Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulgacha o‘tkaziladi. Yanvar oyida Germaniyada, AQSh prezidentining Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari va Yevropa davlatlariga nisbatan bojlarni oshirilishi fonida mundialni boykot qilish chaqiriqlari yangragan edi.

Shuningdek, AQShdagi migrasiya siyosati va Minneapolis shahrida immigrasiya polisiyasi faoliyati bilan bog‘liq voqealar millionlab muxlislarning xavfsizligi masalasida ham xavotirlarni kuchaytirgan. Yanvar oxirida FIFA sobiq prezidenti Zep Blatter ham Shveysariyadagi mashhur korrupsiyaga qarshi advokatning “bu yozda AQShga bormaslik” haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Kiritildi: 23:39 05.02.2026. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!