Istanbul Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun ideal tanlovdir.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qildi.
"Biz kelishuv jarayonida taraqqiyotni ko‘ra boshladik. Barcha jihatlarni inobatga olgan holda tomonlar o‘tirib, kelishuvga erishish uchun joy zarur. Aslida buning uchun Turkiya ideal tanlovdir. Ma’lumki, Rossiya tomoni bu haqda (2 iyun kuni Istanbulda muzokaralar o‘tkazish tashabbusi) Moskvaga tashrifimdan so‘ng darhol e’lon qildi. Bu ayni paytda muhim voqea", - dedi Fidan.
Unga ko‘ra, Ukraina hukumati, xususan, prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Bu uchrashuvlarda Turkiyaning pozisiyasi va barcha tomonlarning vaziyatga qarashlari hamda otashkesimning ahamiyati muhokama qilinadi.