Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda Jalolobod shahriga yangi nom berildi

Qirg‘izistonda Jalolobod shahriga yangi nom berildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Jalolobod shahrining nomini Manas deb qayta nomlash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 10 sentyabrda qabul qilingandi.

Qonunning maqsadi milliy mafkurani mustahkamlash, Jalolobod shahriga xalq qahramoni, qirg‘iz xalqining turli bosqinlardan himoyachisi bo‘lgan buyuk Manas nomini berishdan iborat, deyiladi xabarda.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.

Jalolobodning rasmiy tashkil etilgan sanasi 1877 yil oktyabr oyi hisoblanadi. Shaharning maydoni 64,6 kvadrat km bo‘lib, 184 mingdan ortiq odam yashaydi, ularning 30 foizga yaqini o‘zbeklar.

Kiritildi: 22:35 17.09.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!