Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Fermer 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Fermer 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi


➡️ Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 7,7 gektar yer maydonini 1972 y.t. fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilib, muqaddam
520 mln so‘m olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 280 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:29. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!