"Fenerbaxche" prezidenti Sadettin Saran mojaro markazida qoldi. Funksioner giyohvand moddalar iste’mol qilishda qo‘lga tushdi. Bu haqda Turkiyaning Fanatik nashri xabar bermoqda.
Saran soch namunasida kokain izlari topildi. Bu haqdagi hisobot Istanbul Bosh prokuraturasiga yuborildi.
"Fenerbaxche" prezidentiga mamlakatni tark etmaslik to‘g‘risida tilxat topshirildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, unda taqiqlangan moddalarni sotib olish va iste’mol qilish holatlari ko‘rib chiqilmoqda.