Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Fayzullayevning birinchi murabbiylaridan biri Qirg‘izistonda ish boshladi

Fayzullayevning birinchi murabbiylaridan biri Qirg‘izistonda ish boshladi

Qo‘chqor-Ota shahrining «Neftchi» futbol klubi yangi bosh murabbiyini rasman tanishtirdi. 2026 yildan jamoani O‘zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An boshqaradi.

51 yoshli Dmitriy An uzoq yillar davomida Toshkentning «Paxtakor» klubida faoliyat olib borgan. O‘tgan mavsumda esa «Navbahor» akademiyasida ishlagan.

Uning taniqli shogirdlaridan biri — O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev bo‘lib, u avvalroq Moskva SSKAsida to‘p surgan, hozirda esa Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Dmitriy Anga assistent sifatida yana bir o‘zbekistonlik mutaxassis — Timur Babaxanov yordam beradi.

O‘tgan mavsumda «Neftchi» Qirg‘iziston Premyer-ligasida 9-o‘rinni egalladi. Avvaliga jamoani rossiyalik Aleksandr Mochinov boshqargan bo‘lsa, keyinchalik uning o‘rnini qirg‘izistonlik murabbiy Anatoliy Vlasichev egallagan edi.

Kiritildi: Bugun 10:49. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!