O‘zbekiston terma jamoasi va SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya chempionatida yakunlangan mavsum haqida fikr bildirdi.
"Match TV"ning jamoa bahorda "Krilya Sovetov," "Lokomotiv" va "Axmat" bilan durang o‘ynamasa, chempion bo‘lishi mumkinligini tushunasizmi, degan savoliga Fayzullayev quyidagicha javob berdi:
"Albatta, bu o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo bu o‘tmishda qoldi, biz hech qachon bu natijalarni o‘zgartira olmaymiz", - dedi Fayzullayev.