Yuk tashish — istalgan biznesning yuragi. Texnika to‘xtab qolsa, buyurtmalar kechikadi, mijozlar norozi bo‘ladi, daromad kamayadi. Shuning uchun yuk avtomobili tanlashda ikkita narsa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: ishonchlilik va operasion xarajatlarning pastligi. Aynan shu ikki mezon bo‘yicha FAW texnikalari O‘zbekiston bozorida o‘zining mustahkam o‘rnini egallab bormoqda.
FAW Group 1953-yilda tashkil etilgan, Xitoyning birinchi va yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri. Hozirda kompaniya Xitoyda avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi, og‘ir yuk tashuvchi tijorat transporti yo‘nalishida esa birinchi o‘rinni egallaydi.
2023-yil sentyabridan boshlab FAW yuk mashinalari endi O‘zbekistonning o‘zida — Andijon viloyatida ishlab chiqarilmoqda. Loyiha «Vodiy Universal Majmua» (VUM) va «UzAuto Trailer» korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Natijada nima o‘zgardi? Import bosqichlari qisqardi, yetkazib berish muddati tezlashdi, narx esa xorijdan olib kelinadigan analoglarga nisbatan sezilarli darajada raqobatbardosh bo‘ldi.
— Mahalliy ishlab chiqarish — past narx. Bojxona va uzoq tashish xarajatlarisiz, texnika sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va arzonroq narxda yetib boradi.
— 3 yil yoki 100 000 km kafolat. O‘zbekistonda sotiladigan barcha FAW yuk mashinalari uzoq muddatli kafolat bilan ta’minlanadi — bu ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotiga bo‘lgan ishonchining aniq isboti.
— Keng servis tarmog‘i. FAW va VUM hamkorligidagi servis markazlari orqali kafolatli ta’mirlash, original ehtiyot qismlar va texnik yordam doimo qo‘l ostingizda.
— Turli xil modifikasiyalar. Tortuvchi (tyagach)dan tortib, samosval va furgongacha — har qanday yuk tashish ehtiyojiga mos model topiladi.
— Yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan konstruksiya. Kuchli rama, ishonchli dvigatel va zamonaviy kabina — uzoq masofali yuk tashishda ham, shahar ichida ham barqaror ishlashni ta’minlaydi.
Yuk tashish kompaniyalari, qurilish va logistika sohasidagi tadbirkorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashuvchi fermer xo‘jaliklari — biznesingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, FAW texnikasi xarajatlarni optimallashtirish va ishonchli transport parkini shakllantirish imkonini beradi.
Transport parkingizni yangilash yoki kengaytirish vaqti keldimi? FAW texnikasi bilan har bir yo‘l — daromadli yo‘l. Model, narx va joriy sotuv shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot va sinov haydov (test-drayv) uchun biz bilan bog‘laning:
📞 88-053-05-53
📞 79-222-60-60
📞 99-684-66-64
Bugun murojaat qiling — texnikangiz ertaga yo‘lda!