Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Farzandlari oldidagi burchidan qochib yashiringan otaga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Farzandlari oldidagi burchidan qochib yashiringan  otaga  15 sutka qamoq jazosi tayinlandi


Farzandi ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatini bajarmagan qarzdor shaxs qonun oldida javob beradi.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 20.04.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Q.B.dan undiruvchi YU.F. foydasiga ikki nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Q.B. aliment qarzini to‘lashi lozimligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan, shunga qaramasdan 72 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashdan qochib yashiringanligi uchun qarzdorga nisbatan 17.12.2025 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning viloyat boshqarmasi Qidiruv shu’ba xodimlari tomonidan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi qidiruv xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib, 16.05.2026 yilda ushlangan.

Shu bilan, aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab qochishga uringan otaning bu galgi urinishi uzoqqa cho‘zilmadi va to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining 18.05.2026 yildagi qarori bilan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 08:46. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!