Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi avtofalokatda ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘onadagi avtofalokatda ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida sodir bo‘lgan avtofalokat fojia bilan yakunlandi. Bu haqda Renessans TV telekanalining «Ovoza» dasturida ma’lum qilindi.

Qayd qilinishicha, Furqat tumanida harakatlanib borayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida Damas avtomobiliga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga 2 murda bilan bir bemor keltirilgan. Hozir bemorning ahvoli og‘ir ekani, u Qo‘qonga, reanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgani aytilgan.

Hozir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:59 04.04.2025. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!