Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar bolasi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qildi

Farg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar bolasi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qildi


23 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi 47-, 2- va 7-bog‘chalar tarbiyalanuvchilarida isitma, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatilgan.

Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, 51 nafar bolaning 31 nafari uyiga javob berilgan, 20 nafari esa davolanishni davom ettirmoqda. Barcha bolalarning ahvoli qoniqarli, og‘ir holatlar qayd etilmagan.

Mazkur uchta bog‘chaga o‘sha kuni sut mahsulotlari «Chorvador» fermer xo‘jaligi tomonidan yetkazib berilgan. Biroq zaharlanishga aynan shu mahsulotlar sabab bo‘lgani hozircha tasdiqlanmagan.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati oziq-ovqat mahsulotlari, oshxona, guruhlar va xodimlardan namunalar olib, laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazmoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchala bog‘cha karantinga olinmagan va faoliyat yuritmoqda. Hodisa yuzasidan tekshiruv natijalari kutilmoqda.

Kiritildi: 16:00 28.10.2026. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!