Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Farg‘onada “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish tiklandi

Farg‘onada “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish tiklandi



Farg‘ona shahrida “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni qayta tiklandi.

Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabi asos bo‘ldi. Vazirlik so‘roviga ko‘ra, Farg‘ona shahrida ishchi komissiya tomonidan ayrim loyihalar belgilangan mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqildi.

Shu tariqa, vaqtincha cheklangan ovoz berish jarayoni Farg‘ona shahri uchun yana davom ettirildi.

Eslatma: “Tashabbusli byudjet”ning ushbu mavsumida ovoz berish jarayoni 31 avgust soat 23:59 gacha davom etadi.

Kiritildi: 17:24 25.08.2026. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!