Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada insonlarning hayoti saqlab qolindi

Farg‘onada insonlarning hayoti saqlab qolindi

Bugun, 20-iyun kuni soat 11:42 da Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, “Nurafshon” MFYdagi ko‘p qavatli uylardan birining 6-qavatida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida "112" tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar jalb etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘inning keng maydonga tarqalishi oldi olinib, u yerda bo‘lgan 1 nafar fuqaro hamda qo‘shni xonadonda bo‘lgan 6 nafar fuqarolar sog‘-salomat evakuasiya qilingan va ularning hayoti saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar mavjud emas.

Kiritildi: 15:24 20.06.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!