Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada chegaradan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tish holati fosh etildi

Farg‘onada chegaradan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tish holati fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX, IIB va DXX chegara qo‘shinlarining 9229-sonli harbiy qismi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar umumiy bahosi 3,2 mlrd so‘mlik 30 660 dona “Regopen” va 925 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Farg‘ona tumani, “Vaziyo” MFY hududidagi O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat chegaralariga tortilgan sim to‘siqlarni buzib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib o‘tganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!