Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal shtatidagi Xokkenxaym shahri osmonida motoplaner va samolyot to‘qnashib ketdi.
Bu haqda mahalliy "Badische Zeitung" gazetasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv taxminan 800 metr balandlikda sodir bo‘lgan. Har ikki havo kemasi shikastlangan, biroq xavfsiz tarzda qo‘nishni amalga oshira olgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala uchuvchi ham, yo‘lovchi ham jarohat olmagan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.