Evropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Putin tomonidan YEI nomidan Rossiya bilan muzokaralar olib boruvchi shaxs sifatida taklif qilingan Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder nomzodiga qarshi chiqdi.
"Agar biz Rossiyaga bizning nomimizdan muzokara o‘tkazuvchini tayinlash huquqini bersak, bu unchalik oqilona ish bo‘lmas edi", — dedi Kallas YEI Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishi oldidan.
U Shryoderni "Rossiya davlat kompaniyalarining yuqori martabali lobbisti" deb atadi. Kallasning ta’kidlashicha, Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha muhokamalar Yevropa Ittifoqida may oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, Germaniya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Berlinda sobiq kansler nomzodi butunlay rad etilmayapti va muzokaralarga Shryoder bilan birga prezident Shtaynmayerni yuborish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.