«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash «Inter»ga o‘tmaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.
Diashning «Inter»ga o‘tish ehtimoli juda past ekani ta’kidlanmoqda. Portugaliyalik futbolchi «shaharliklar» kiyinish xonasida muhim figura hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Diash 2020 yildan buyon «Manchester Siti» safida o‘ynab kelmoqda. Ushbu mavsum 28 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.
Futbolchining Angliya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.