Farg‘ona tumani Soxibkor ko‘chasi 3-uyning hovlisida chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqda ishlayotgan 1977 yilda tug‘ilgan Xojimatov Dilmurod o‘zining shaxsiy elektr libyotkasi ishlamay qolishi oqibatida quduq tubida qolib ketgan.
Shundan keyin zudlik bilan FVBga yordam so‘rab murojaat qilgan. Viloyat FVB maxsus vazifalarni bajaruvchi muntaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan.
Fuqaro video ko‘rib turganingizdek qutqarib olingan. Tan jarohati olmagan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, salomatligi yaxshi, deyiladi FVB xabarida.