Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiya: "Rangli inqilob" amalga oshmaydi. Putinga tashakkur

Serbiya: "Rangli inqilob" amalga oshmaydi. Putinga tashakkur

Serbiya hukumati Belgraddagi "noroziliklar ortida turgan" G‘arb maxsus xizmatlariga "rangli inqilob" o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandar Vulin Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Belgradda rangli inqilob sodir bo‘lmoqda. Bu bizning Rossiyaga nisbatan pozisiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Serbiyadagi rangli inqilob ortida mamlakatda boshqa hukumatni hokimiyatga olib kelishni istagan G‘arb maxsus xizmatlari turibdi. Biz bunga aslo yo‘l qo‘ymaymiz," - dedi Serbiya hukumati raisining o‘rinbosari.

Vulin Shoyguga va shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga joriy voqealar fonidagi "munosabat va pozisiyalari" uchun minnatdorchilik bildirdi: "Sizning Serbiyaning qonuniy hokimiyatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun g‘oyat muhimdir."

Vulin, shuningdek, Serbiyaning BMT Bosh Assambleyasida Ukraina masalasida Rossiyaga qarshi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berishi "xato" bo‘lganini ta’kidladi. Rasmiy Belgrad buni tan olishga majbur, chunki "do‘stlarini xafa qilishni" istamasligini aytdi.

"BMT Bosh Assambleyasidagi ovoz berishda yo‘l qo‘yilgan xato, sizga ma’lum bo‘lganidek, tuzatildi. Biz uchun do‘stlarimizni xafa qilishdan ko‘ra, xatoni tan olish ancha osonroq," dedi u.

Serbiyada talabalar tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishlari 2024 yil noyabr oyidan beri to‘xtamayapti. O‘shanda Novi Sad vokzalidagi soyabon qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan edi. O‘tgan shanba kuni butun Serbiyadan kelgan yuz minglab odamlar Belgradda korrupsiyaga qarshi eng yirik norozilik aksiyasini o‘tkazdilar.

Kiritildi: 22:44 22.03.2025. O'qildi: 5042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!