Taniqli o‘ta millatchi Itamar Ben-Gvir milliy xavfsizlik vaziri lavozimiga qayta tayinlandi.
Ben-Gvir yanvar oyida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga norozilik bildirgan holda Isroil hukumatidan iste’foga chiqdi va G‘azo sektorida janglar qayta boshlanganidagina Netanyaxu koalisiyasiga qaytishini ko‘rib chiqishini aytgan edi.
U o‘t ochishni to‘xtatishni HAMAS uchun "mukofot" deb atagan edi. U bu kelishuv doirasida isroillik asirlarning ozod etilishini hisobga olmagan holda gapirdi.
Isroil bosh prokurori Netanyaxuga Ben-Gvirni avvalgi lavozimidagi xatti-harakatlari va aniq qonunbuzarliklari tufayli mamlakat milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlamaslikni maslahat berganiga qaramay, u bu lavozimga qayta tayinlandi.