Rossiya delegasiyasi Ar-Riyodda AQShlik hamkasblari bilan muzokaralarga "jangovar va konstruktiv" ruhda borayotganini Federasiya kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Grigoriy Karasin ma’lum qildi.
Rossiya delegasiyasiga FXX direktori maslahatchisi Sergey Beseda va Karasin boshchilik qiladi.
Karasin "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga oid barcha masalalar hal etilishiga umid qilmasligini, biroq tomonlar ayrim jihatlarda kelishuvga erisha olishiga ishonch bildirdi.
"Eng avvalo, bizda (ishlashimiz kerak bo‘lgan) bitta masala bor. Butun kun tartibidagi barcha masalalarni hal qilishga umid qilish qiyin, lekin hech bo‘lmaganda bitta masalani yechish uchun kurashish niyatida ketayapmiz," - dedi Sovfed qo‘mitasi vakili. Grigoriy Karasin va Sergey Beseda Saudiya Arabistoni poytaxtiga 23 mart kuni yetib boradi.
Ilgari Rossiya prezidenti matbuot kotibiyati rahbari Dmitriy Peskov Karasin va Besedani "boy ish tajribasi"ga ega bo‘lgan "eng tajribali muzokarachilar" deya ta’riflagan edi. U yana Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ularni muzokaralarni boshqarish uchun tayinlaganini qo‘shimcha qildi. Rossiya prezidenti maslahatchisi Yuriy Ushakovning xabar berishicha, tomonlar Qora dengizda kemalar qatnovining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilishadi.