 
        "Rossiya faxriylari" turk seriallariga qarshi kurash boshladi.
"Rossiya faxriylari" jamoat harakati Roskomnadzor, Davlat dumasi va Madaniyat vazirligiga turk seriallarini taqiqlash talabi bilan murojaat qilganini "Lenta.ru" xabar bermoqda.
Harakat raisi Ildar Rezyapovning aytishicha, turk seriallari go‘yoki demografiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatarmish, chunki ular erkakning haqiqatdan yiroq obrazini yaratib, rus ayollarining "o‘z yigitlariga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirarmish".
"Turk seriallari ongimiz uchun, xususan, ayollarimiz uchun olib borilayotgan g‘oyaviy kurashning bir qismidir," - deb ta’kidlaydi Rezyapov.
Shuningdek, rus seriallarida mahalliy erkaklar ichkilikboz, zolim va muvaffaqiyatsiz qiyofada tasvirlanishi, kuchli ayollar esa nazokat bilan muomala qiladigan chet ellikni uchratib, tashvishlardan xalos bo‘lishi qayd etilgan. Rezyapovning fikriga ko‘ra, bu go‘yoki Rossiyada tug‘ilish darajasining pasayishi va oila institutining yemirilishiga olib kelarmish. Uning qo‘shimcha qilishicha, "buzg‘unchi targ‘ibot" tushunchasini kiritish va u o‘z ichiga nimalarni olishini qonun darajasida belgilash kerak.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi