AQSh bir kunda har biri 5 million dollar qiymatidagi 1000 ta "oltin viza"ni sotishga erishdi.
Bu haqda AQSh savdo vaziri Govard Latnik "All In" podkastida ma’lum qildi.
Sotuvlarning umumiy summasi 5 milliard dollarni tashkil etdi. Uning aytishicha, "oltin viza"larni sotishdan tushgan mablag‘lar AQSh byudjeti taqchilligini qisqartirishga yo‘naltiriladi.
Donald Tramp ilgari Qo‘shma Shtatlar "oltin" yashash guvohnomalarini sotishni boshlashini e’lon qilgan edi. Prezident ta’kidlaganidek, "oltin" yashash guvohnomalarini sotishdan olingan mablag‘lar AQSh byudjeti taqchilligini qoplashga sarflanishi mumkin. Tramp, shuningdek, xorijiy investorlar uchun mavjud bo‘lgan AQShning EB-5 viza dasturi yopilishini qo‘shimcha qildi.