1️. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.K.” oilaviy korxonasi rahbari G‘.G‘. (muqaddam sudlangan) “Zoxidon” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 164,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
2. Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “A.D.” “Qo‘shchinor” MFY hududidagi noturar binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 134,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
3.Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “Nurafshon” MFY hududidagi do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 118 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.