Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.K. “Navbahor” MFY hududidagi savdo do‘konida respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan 36 turdagi umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik 2 958 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Angren shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 8 turdagi umumiy bahosi 42 mln so‘mlik jami 388 dona elektron tamaki mahsulotlarini fuqaro D.N.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.