Bryussel metrosining qatnovi tunneldan o‘lik odam topilganidan keyin to‘xtab qoldi. Tekshiruv davomida metroning 2 va 6-liniyalari tig‘iz vaqtda ishlamayapti.
Bu haqda poytaxtning STIB/MIVB transport operatori xabar berdi.
"Porte des Halles va Hôtel de Monnaie stansiyalari o‘rtasidagi tunnelda jasad topildi" - deb tushuntirdi STIB/MIVB rasmiy vakili va tergov tugaguniga qadar liniyalar yopilishini ta’kidladi.
"Tron" va "Bryussel-Midi" bekatlari (xuddi shu nomdagi poyezd stansiyasi yaqinida) o‘rtasidagi qatnov soat 13:00 dan boshlab to‘xtatildi.
Erkakning qanday sharoitda vafot etgani va u qanday qilib metro tunneliga tushib qolgani hozircha noma’lum. Yo‘lovchilarga yer usti transportidan, birinchi navbatda, tramvaylardan foydalanish tavsiya etiladi.