Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Eldor Shomurodovning transferini e’lon qildi.
Futbolchi klub ixtiyoriga yetib borgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Avvalroq “Bashakshehir” Shomurodovni 3 million yevro evaziga ijaraga olishi va shartnomada 2,7 million yevroga majburiy sotib olish bandi bilan o‘z safiga qo‘shib olishi xabar qilingandi.
Shomurodov o‘tgan mavsum u A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.