Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning amaldagi mudofaa vaziri Rustem Umerov Ukrainaning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishini istisno qilmadi.
U bu haqda Rimda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"AQShdagi elchi almashtiriladi. Ochig‘ini aytaman, agar qaror qilsam va bu yaqin kelajakda Amerika Qo‘shma Shtatlarida mamlakatimiz vakili bo‘ladi, ya’ni bizning asosiy elchimiz Mudofaa vaziri Rustem Umerov bo‘ladi. Bu, albatta, Ukraina hukumatidagi jiddiy o‘zgarishlarga ta’sir qiladi", - dedi u.
Zelenskiy, shuningdek, AQShdagi amaldagi elchi Oksana Markarova agar xohlasa, Ukrainada faoliyatini davom ettirishi mumkinligini aytdi.