Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastin mahsulotlari Yevropada sotuv rekordlarini yangilamoqda

Falastin mahsulotlari Yevropada sotuv rekordlarini yangilamoqda

Evropalik iste’molchilar Isroil mahsulotlaridan voz kechib, ular o‘rnini falastincha alternativalar bilan to‘ldirmoqda — xususan, Falastin zәytun yog‘i sotuvi 50% ga oshdi.

Guardian nashri yozishicha, G‘azodagi urush fonida Yevropada falastin mahsulotlariga talab keskin ortib bormoqda. Xaridlar norozilik va hamdardlik ifodasiga aylanmoqda.

Italiyadagi Coop Alleanza 3.0 supermarket tarmog‘i Isroil mahsulotlarini, jumladan taxini, araxis va SodaStream mahsulotlarini sotishni to‘xtatganini e’lon qildi.

«Biz G‘azoda davom etayotgan zo‘ravonlikka befarq bo‘lib tura olmaymiz», — dedi kompaniya. Endi do‘kon raflarida Gaza Cola kabi falastin mahsulotlari paydo bo‘ldi. Bu mahsulotlardan tushgan daromadlar G‘azodagi shifoxonalarni tiklashga yo‘naltirilmoqda.

Bu qaror Britaniyadagi Co-op tarmog‘i amaliyotiga o‘xshaydi — u avvalroq inson huquqlarini buzishda ayblangan davlatlar mahsulotlarini sotishdan voz kechgan edi.

Buyuk Britaniyada falastinliklar tomonidan ishlab chiqariladigan zәytun yog‘i va xurmolarni yetkazib beruvchi Zaytoun brendi 2024 yilda o‘z sotuvini 50% ga oshirdi — 3,2 million funt sterling (taqriban 4,3 million dollar)ga yetkazdi.

“Xaridorlar bunday mahsulotni qo‘llarida ushlab, «men tanlov qildim» deyishlari mumkin — har qancha kichik bo‘lmasin,” — dedi Zaytoun direktori Manal Ramadan Uayt.

Zaytoun brendi 2004 yilda volontyorlik tashabbusi sifatida tashkil etilgan. Ammo bugungi kunda ulkan qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelmoqda: mahsulotlar Isroilning Xayfa porti orqali yuboriladi, yuklar tekshiruv postlaridan o‘tkaziladi, maxsus itlar bilan ko‘rik qilinadi.

Fairtrade sertifikatlash jarayoni ham xavfsizlik sababli vaqtincha to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, G‘azodagi gumanitar inqirozga nisbatan izhor etilayotgan hissiyotlar mahsulotlarga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda.

Guardian ta’kidlashicha, zәytun daraxti falastin xalqining chidamlilik ramzi sifatida qabul qilinadi — bu daraxt butun mintaqada o‘sadi va deyarli har bir oilada bor.

“Zәytun daraxtining chidamliligi — bu og‘ir kunlardagi matonatimiz timsoli,” — dedi Manal Ramadan Uayt.

Kiritildi: 08:08 04.10.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!