Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Facebook’dagi nosozliklar. O‘zbekistonda foydalanuvchilar yana VPN’ni yuklab olishmoqda

Facebook’dagi nosozliklar. O‘zbekistonda foydalanuvchilar yana VPN’ni yuklab olishmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishida 16 sentyabr kunduzgi vaqtlarda yana nosozliklar kuzatila boshlandi.

Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, nosozliklar faqatgina O‘zbekistonda kuzatilmayapti. Biroq, boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kira olmasliklari borasida shikoyat qilmoqdalar (log in). O‘zbekistonda esa asosiy muammo serverlarga umuman kirib bo‘lmayotganidadir (total blackout).

Servisga kirish bilan bog‘liq muammolar yana VPN-ilovalar ommabopligini oshirmoqda.

Masalan, iOS uchun VPN Proxy Master avvalgi nosozliklar paytida O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylangan bo‘lsa, keyinchalik pozisiyasini yo‘qota boshladi. Hozirda esa, u 78 pozisiyaga ko‘tarildi va o‘sishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasayishi kuzatilayotgani xabar berilgandi.

Kiritildi: 17:25 17.09.2018. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!