Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z lavozimida qolishi 100 foizga hal bo‘ldi.

Championat.asia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis jamoa bilan ishlashda davom etadi va bosh jamoani navbatdagi yirik musobaqa – Osiyo Kubogiga olib boradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Kannavaroning ishiga to‘liq ishonch bildirgan. Jahon chempionatidagi ishtirokdan so‘ng, murabbiy oldiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan 2027 yilgi Osiyo Kubogida yuqori natijalar qayd etish, xususan, chempionlik uchun kurashish vazifasi qo‘yilmoqda.

Shu tariqa, "Don Fabio" yaqin vaqt ichida terma jamoaning yangi yig‘inlarini rejalashtirishi va qit’a birinchiligiga tayyorgarlikning yangi bosqichini boshlab yuborishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi asosiy e’tiborni tarkibni yanada shakllantirish va qit’a turnirida muvaffaqiyatli qatnashishga qaratadi.

Kiritildi: 21:01 12.07.2026. O'qildi: 46620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!