O‘zbekiston futbol assosiasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning lavozimini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
So‘nggi vaqtlarda ayrim xorijiy nashrlarda Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining o‘zgartirilishi ortidan italiyalik mutaxassis terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
O‘FA ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Assosiasiya OAV vakillari va futbol muxlislarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.