Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasida qancha maosh oladi?

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasida qancha maosh oladi?

Kuni kecha o‘tmishda mashhur bo‘lgan italiyalik futbolchi Fabio Kannavaro kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Rossiyaning "Sport-Ekspress" portali xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis yiliga 3,5-4 mln yevro maosh bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu summa murabbiylar shtabi xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro o‘z vaqtida "Inter", "Yuventus", "Real" va boshqa klublarida to‘p tepgan. Faoliyatini yakunlagach, italiyalik mutaxassis "Udineze", Xitoyning "Guanchjou" va Zagrebning "Dinamo" klublarida murabbiylik qilgan.

Oktyabr oyidagi tanaffusda O‘zbekiston milliy jamoasi Kuvayt va Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:32 03.10.2025. O'qildi: 2484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!