O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yanvar oyidagi yig‘in, unga jalb etilgan futbolchilar va keyingi rejalar xususida intervyu berdi.
"Yig‘inda ishtirok etayotgan futbolchilarning barchasini ko‘rganman, ularni yaxshi bilaman. Shunga qaramay, ushbu yig‘in orqali ularning immkoniyatlarini yana bir marta sinovdan o‘tkazyapman.
Bu yig‘in milliy chempionatda ishtirok etayotgan barcha o‘yinchilar uchun o‘ziga xos signal bo‘lishi kerak. Chunki, oldimizdagi bir yil davomida bizni Jahon chempionati va Osiyo kubogi musobaqalari kutib turibdi. Chempionatdagi barcha futbolchilar bunga tayyor bo‘lishlari kerak. Terma jamoaga nomzod futbolchilarning hammasi kuzatuv ostida ekanini bilishlari kerak.
Barcha uchrashuvlarni stadiondan tomosha qilishga har doim harakat qilaman. O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zolarini ham yaxshi bilaman. O‘yinni televizor orqali tomosha qilishdan ko‘ra stadionda kuzatish o‘yinchi haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkoniyat beradi", — dedi Kannavaro O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.