Kuch tuzilmalari odamlarni qo‘lga olmoqda, aholi barrikadalar qurmoqda
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, immigrasiya xizmati agenti tomonidan 37 yoshli AQSh fuqarosi Aleks Jeffri Pretti otib o‘ldirilishi ortidan shahar aholisi norozilik namoyishiga chiqdi. −21 °C sovuqqa qaramay, ko‘chalarga chiqayotganlar soni ortib bormoqda.
Polisiya va federal xizmatlar zirhli texnikalarni ishga solib, odamlarni qattiqqo‘llik bilan qo‘lga olmoqda.
Bu yanvar oyi davomida Minneapolisda ICE xodimlari qurol ishlatgan uchinchi holat hisoblanadi. Yanvar oyining boshida ICE xodimi 37 yoshli mahalliy aholi vakili Rene Nikol Gudni otib o‘ldirgan, 14 yanvar kuni esa ICE o‘tkazgan operasiya vaqtida Venesueladan bo‘lgan migrant oyog‘idan yaralangandi.