Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy endi tahdid emasmi?

Xitoy endi tahdid emasmi?

Pentagonning yangi milliy mudofaa strategiyasi Xitoyning asosiy tahdid sifatidagi maqomini pasaytirib, e’tiborni AQSh hududi va G‘arbiy yarimsharga qayta yo‘naltirmoqda.

Strategiyada avvalgi hukumatlar AQShning Panama va Grenlandiya kabi hududlardagi strategik manfaatlarini e’tiborsiz qoldirgani tanqid qilinadi.

❕ Strategiyaga ko‘ra, AQSh endi G‘arbiy yarimshardagi muhim hududlarda, jumladan, Meksika qo‘ltig‘ida «kirish imkoniyati yoki ta’sirni boshqa kuchlarga berib qo‘ymasligi kerak».

Shu bilan birga, hujjatda Xitoyning Tinch okeanining g‘arbiy qismida uzoq masofaga zarba berish vositalariga egaligi qayd etilib, AQShning Hind–Tinch okeani mintaqasida ustunligini ta’minlash maqsadi belgilangan.

Bunda ushbu ustunlik Xitoyni bostirish yoki kamsitishga qaratilmagani, balki cheklangan va oqilona maqsad — Xitoy yoki boshqa biror kuchning AQSh yoki uning ittifoqchilari ustidan nazorat o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslik ekani ta’kidlanadi.

🇪🇺 Evropa nisbatan o‘z ustuvorligini yo‘qotmoqda. Strategiyada ta’kidlanishicha, «Evropa hanuz muhim mintaqa bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, uning jahon iqtisodiy qudratidagi ulushi kamayib bormoqda». Yevropa bo‘yicha ustuvor vazifa sifatida suveren davlatlar birlashmasi sifatida uning o‘z xavfsizligi uchun asosiy mas’uliyatni zimmasiga olishi va mintaqada dushman kuchlar hukmronlik o‘rnatishining oldini olish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash belgilangan.

Pentagon yangi strategiyada Grenlandiya masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Hujjatda bu hudud muhim strategik rayon sifatida e’tirof etilib, AQSh harbiylari u yerga kafolatlangan kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligi qayd etilgan.

Eron masalasida esa AQSh Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!