Denov shahrida yashovchi, 1993 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosini noqonuniy ravishda ushlab turgan.
Aniqlanishicha, denovlik shaxs Dushanbe shahrida yashovchi 1988 y.t. tanishiga 11 ming AQSh dollari bergan va garov sifatida uning sherigini Denov shahrida olib qolgan.
Pullar o‘z vaqtida qaytarilmaganidan so‘ng, mazkur Tojikiston fuqarosini tutqunlikda ushlab, turli xil qiynoqlarga solib, unga og‘ir darajada tan jarohati yetkazgan.
Hozirda denovlik zo‘ravonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.