Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni AQShni ogohlantirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni AQShni ogohlantirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni AQShni Eron qo‘shinlari yuqori darajada shay holatdaligidan ogohlantirdi, deb xabar berdi Associated Press.

Muhammad Pakpur AQSh harbiy kemalari Yaqin Sharq mintaqasi tomon yo‘l olayotgan bir paytda Eron har qanday tahdidga qarshi turishini bildirdi, deya yozmoqda nashr.

Payshanba kuni Donald Tramp AQSh “ehtiyot chorasi sifatida” harbiy kemalarini Eron tomon yo‘naltirayotganini aytgandi.

"Bu yo‘nalishda ulkan flot harakatlanmoqda. Ehtimol, biz uni ishlatishga majbur bo‘lmasmiz", — degan edi Tramp.

Reuters'ning yozishicha, yuqori lavozimli eronlik mansabdor Tehron har qanday hujumni “keng ko‘lamli urush” sifatida baholashini ma’lum qildi.

"Bu harbiy qudratni oshirish, umid qilamizki, u haqiqiy to‘qnashuvga qaratilmagan. Biroq bizning harbiylar eng yomon ssenariyga ham tayyor. Shu sababli Eronda hamma yuqori shay holatda", — deya ismi oshkor etilmagan eronlik rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Kiritildi: Bugun 13:04. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!