Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Istanbulda o‘zbek qizi o‘ldirildi: 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Istanbulda o‘zbek qizi o‘ldirildi: 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, 2026 yil 24 yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida chiqindilar orasidan buyum terib yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan, bosh qismi mavjud bo‘lmagan jasadni aniqlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.

Tekshiruvlar natijasida marhumaning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani tasdiqlandi.

Ushbu jinoyatga aloqador deb topilgan O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Turkiyadan Gruziyaga qochishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Bosh konsulxona marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari diplomatik idora nazoratiga olingan.

Kiritildi: Bugun 13:16. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!