Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yurgen Klopp «Real Madrid»ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Yurgen Klopp «Real Madrid»ni boshqarishga rozi bo‘ldi

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ni boshqarishga rozi bo‘ldi.

Futbol del Sr.Destrangis xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres va germaniyalik mutaxassis iyun oyida imzolanishi kerak bo‘lgan shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Ikkala tomon ham bitim tafsilotlaridan mamnun.

Qayd etilishicha, Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi yoki Ispaniya chempionatida g‘olib chiqsagina, kelishuv xavf ostida qolishi mumkin.

Yurgen Kloppning so‘nggi klubi "Liverpul" bo‘lib, u 2015 yildan 2024 yilgacha murabbiylik qilgan. Nemis boshchiligida "qizillar" sakkizta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 23:42 24.01.2026. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!